Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida jami 14 216 nafar chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 3 179 nafarga yoki 28,8 foizga ko‘pdir.

Chet el fuqarolari mamlakatlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

  • Turkmaniston — 4 603 nafar;
  • Hindiston — 3 477 nafar;
  • Tojikiston — 1 392 nafar;
  • Xitoy — 710 nafar;
  • Pokiston – 700 nafar;
  • Janubiy Koreya — 553 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 333 nafar;
  • AQSH — 319 nafar;
  • Filippin – 245 nafar;
  • Turkiya – 233 nafar;
  • Afg‘oniston — 226 nafar;
  • Misr – 203 nafar;
  • Rossiya – 121 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 110 nafar;
  • Janubiy Afrika Respublikasi – 98 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 893 nafar.

Shuningdek, joriy yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatga ta’lim olish uchun kelgan xorijiy talabalar soni 9,5 mingdan oshib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga ko‘paygan.