Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va mablag‘larni taqsimlash tartibini belgilovchi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

68a1596c91584

Yangi tartibga ko‘ra:

  • Oliy ta’limda kontrakt to‘lovining kamida 25 foizi abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha, yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha to‘lanishi shart.
  • To‘lovning 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha, 100 foizi 1-maygacha amalga oshirilishi belgilandi.
  • To‘lov muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori yoki Davlat komissiyasi tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, tushumlar hisobidan istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi hamda stajirovkadan o‘tishiga mablag‘ yo‘naltirilishiga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari talabalarga bir yilda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin.