“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Xitoyning “Fengcheng Association for Old Science and Technology” tashkiloti o‘rtasida tussa ipak qurtini parvarishlash bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Hko

Kelishuv doirasida tussa ipak qurti O‘zbekistonga olib kelinib, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan tajriba tariqasida parvarish qilinadi. Ushbu turdagi ipak qurti eman daraxti barglari bilan oziqlanadi. Shu munosabat bilan mamlakatda yetarli ozuqa bazasini shakllantirish maqsadida eman daraxtlari ekilishi ham rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Fengcheng Association for Old Science and Technology” to‘liq sanoat zanjiriga ega bo‘lib, ipak qurtini parvarishlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ipakni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish, marketing hamda madaniy merosni targ‘ib etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Xitoy kompaniyasining tajribasi va zamonaviy texnologiyalari O‘zbekiston ipakchilik sohasini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.