Bugun, 17-sentabr kuni soat 09:14 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Vn

Qayd etilishicha, zilzilaning magnitudasi 3,9 bo‘lib, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr Toshkentdan 363 km janubi-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha qayd etilgan:
— G‘ijduvon tumanida 3 ball (23 km masofada),
— Konimex tumanida 2 ball (57 km masofada),
— Navbahor tumanida 2 ball (57 km masofada).