O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablari 2027–2030-yillarda xalqaro baholash dasturlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olinadi. Bu prezident farmonida belgilandi.

Vrr

Hujjatga ko‘ra, maktablarda PISA va boshqa xalqaro baholash dasturlariga asoslangan ta’lim natijalarini baholash tizimi joriy etiladi.

Buning uchun xalqaro baholash dasturlari natijalari o‘rganilib, ular asosida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Farmonda 2030-yilgacha kamida 10 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasini dunyoning top-1000 universitetlari qatoriga kiritish vazifasi ham belgilangan.