O‘zbekistondagi maktablarda anʼanaviy qog‘oz kundalik va sinf jurnallariga qaytish haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanligi ma’lum qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bildirishicha, bunday topshiriq berilmagan, raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmayapti. Hozirgi vaqtda o‘quvchilarning davomati va fanlarni o‘zlashtirish baholari “eMaktab” elektron jurnal tizimi orqali yuritilmoqda.
Vazirlikning maqsadi – o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va o‘quv jarayonini yanada shaffof qilish. Shu bilan birga, ota-onalar e-maktab.uz platformasi orqali farzandlarining darslarni o‘zlashtirish darajasini masofadan kuzatishi mumkin. Ayni paytda platforma uchun bir yillik obuna 5000 so‘mni tashkil etadi (2020-yilda 9200 so‘m bo‘lgan).
Tizim joriy etilishi natijasida qog‘ozbozlik kamaygan va baholashda shaffoflik taʼminlangan.