Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti 2026-yil uchun fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi.

Tnj

Qayd etilishicha, joriy reytingdan O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin oldi. Ulardan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti mazkur fanlar reytingiga ilk bor kiritildi.

Xususan, reyting natijalariga ko‘ra:

  • TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 301–400, muhandislik fanlari bo‘yicha esa 401–500 o‘rinlarni egalladi;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 801–1000 o‘rinlardan joy oldi;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika bo‘yicha 501–600, muhandislik fanlari bo‘yicha 801–1000 o‘rinlarda qayd etildi;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’lim yo‘nalishida 601–800, muhandislik fanlari bo‘yicha 801–1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari kesimida esa 1001-o‘rindan keyingi pog‘onalarda baholandi.

Ma’lumot uchun, Times Higher Education fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish va 148 ta fan kesimida baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu reytingga O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi ilk bor kiritilgan edi.