Qoraqalpog‘istonda bo‘r davriga mansub, taxminan 75 million yil avval yashagan dinozavr suyak qoldiqlari topildi. Bu haqda Davlat geologiya muzeyi xabar berdi.

Nuy

Ma’lum qilinishicha, muzey direktori 12-oktyabr kuni Nukus shahriga tashrifi chog‘ida Sulton Uvays tog‘ tizmalarining Xo‘jako‘l tog‘ oldi hududida olib borilayotgan geologik qidiruv ishlarini ko‘zdan kechirgan.

Ayni hududda ‘O‘zbek geologiya qidiruv’ AJ Qoraqalpoq ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan 3 metr chuqurlikda shurf qazish jarayonida qadimgi toshqotgan suyaklar topilgan.

Topilgan namunalarning umurtqa, oyoq va qovurg‘a suyaklaridan iborat bo‘lib, ular hududda yashagan yirik dinozavrga tegishli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.