Prezidentning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Imzo

Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2026–2027-yillarda sunʼiy intellektga oid startap loyihalarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha 100 million dollar ajratiladi.

Ushbu mablagʻlarning 50 million dollari begʻaraz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga yoʻnaltiriladi.

Qolgan 50 million dollar esa teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritilib, sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Ajratilgan mablagʻlar taqsimoti “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan belgilab olinadi.