Londonning Brunel universiteti tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetiga (TDYUU) huquqshunoslik yo‘nalishidagi kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Mj

To‘plam xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi, xalqaro xususiy huquq, inson huquqlari, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq, atrof-muhit huquqi, zamonaviy huquqiy tadqiqot metodologiyasi hamda yuridik etika sohalariga oid ilg‘or nashrlar, ilmiy monografiyalar va darsliklarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur adabiyotlar TDYUU talabalari, magistrlari va tadqiqotchilari uchun muhim ilmiy manba bo‘lib, ularning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish hamda yosh huquqshunoslarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.