Toshkent shahridagi maktablar oldida o‘quvchilarni transport vositasidan xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus to‘xtash zonalari tashkil etilmoqda.

Mj

Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish markazi ma’lumotiga ko‘ra, dastlab bunday zonalar Yunusobod tumanidagi 5-sonli va Shayxontohur tumanidagi 42-sonli maktab oldida tashkil etilgan.

Mazkur hududlarda avtomobillarning qisqa muddatga tartibli to‘xtashi uchun yo‘l belgilari o‘rnatilib, tegishli yo‘l chiziqlari chizilgan.

Maxsus zonalar bolalarni avtomobildan bevosita qatnov qismiga tushirishning oldini olish, maktablar oldidagi tartibsiz to‘xtashlarni kamaytirish hamda ertalab va darslar tugaydigan vaqtda transport harakatini tartibga solishga qaratilgan.

Shuningdek, ota-onalar farzandlarini belgilangan hududda xavfsiz tushirishi yoki olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda Toshkentdagi boshqa maktablar oldida ham shunday maxsus to‘xtash zonalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.