Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joriy yil iyun oyida sodir bo‘lgan fojiada 10-sinf o‘quvchisi futbol maydonida sinfdoshini pichoqlab o‘ldirgan edi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni Buka tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Millar” dasturi reportajida ma’lum qilindi.
Sud majlisida ayblanuvchi o‘z oilasidan hamda marhumning oila a’zolaridan uzr so‘radi.
Sud qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha aybli deb topildi va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.