Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi yangi xalqaro ayeroport qurilishi uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Ajratiladigan yerlarning taqsimoti quyidagicha:
Sug‘oriladigan yerlar – 1075,45 gektar
Bog‘lar – 112,69 gektar
Yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar
Boshqa yerlar – 120,97 gektar
Hududlar kesimida:
O‘rta Chirchiq tumani – jami 790,76 gektar, shu jumladan:
sug‘oriladigan yerlar – 609,95 gektar;
bog‘lar – 112,63 gektar;
yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar;
boshqa yerlar – 67,53 gektar.
Quyi Chirchiq tumani – jami 519 gektar, shu jumladan:
sug‘oriladigan yerlar – 465,5 gektar;
bog‘lar – 0,06 gektar;
boshqa yerlar – 53,44 gektar.
Mazkur yer maydonlari yangi xalqaro ayeroport qurilishi loyihasi doirasida ajratilishi belgilangan.