Toshkent shahar Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida 12-sentabr kuni soat 00:45 larda yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Gn


Keltirilishicha, 2008-yilda tug‘ilgan B.J. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) davlat raqam belgisisiz Spark rusumli avtomashina boshqarib kelayotganida o‘z yo‘nalishini Chopon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qator harakat yo‘lidan 1-qatorga keskin burilib o‘ng tomonga harakatlangan.

Shu paytda o‘z yo‘nalishida 1-qator bo‘ylab harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvidagi Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.