Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida belgilangan narxlarning buzilishi hamda sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash uchun rastalarda kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Ushbu choralar aholiga sifatli va adolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.
Ayni paytda Mirobod dehqon bozori hamda “Eski Juva” bozorida kuzatuv kameralarini o‘rnatish yakunlandi. Yaqin vaqt ichida poytaxtning barcha yirik bozorlaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida ham ushbu tizim to‘liq joriy etilishi belgilangan.