Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan bo‘sh qolganlari uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish tartibi quyidagicha belgilandi:
📌 Ro‘yxatdan o‘tish:
2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadilar.
📌 Test sinovlari:
Ro‘yxatdan o‘tganlar uchun test sinovlari 2025-yil 11-dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Imtihon sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
📌 Ruxsatnoma:
Imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali olinadi.
📌 To‘lovlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlardan belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshirmaganlar testga kiritilmaydi.
📌 Natijalar:
Test natijalari to‘plangan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda shakllantiriladi va 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli OTMlarga taqdim etiladi.