Yandex Uzbekistan Toshkentda Yandex ML School faoliyatini boshladi. Bu markaz AI, mashinani o‘rganish (Machine Learning), matematika va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, darslar Yandex mutaxassislari, OTM professorlar va ML sohasida tajribaga ega ekspertlar tomonidan olib boriladi.

Yandex ML School har yili AI sohasida senior darajasidagi mutaxassislarni tayyorlab, ular orqali mamlakatda innovatsion yechimlartexnologik mahsulotlar va ilmiy tadqiqotlar rivojiga turtki berishi rejalashtirilgan.

Dastur Yandeksning “Ma’lumotlarni tahlillash maktabi” (ShAD) tajribasiga asoslangan. U nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda tuzilgan:

  • Sanoqli emas, balki chiqishga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlanadi
  • Talabalar sanoatdan olingan haqiqiy masalalarni yechadilar
  • Vorkshoplar, industrial uikendlar, muntazam fidbek tizimi joriy etilgan

Ta’lim dasturi xalqaro andozalarga javob beradigan formatda tashkil etilgan: oflayn, to‘liq bepul va ingliz tilida olib boriladi. Darslar oktyabr oyida start oladi.

Darslarni Yandex mutaxassislariO‘zbekiston OTMlari professorlari va ML sohasida tajribaga ega ekspertlar o‘tkazadilar. Haftalik yuklama 20–30 soatni tashkil etib, darslar asosan kechqurun bo‘ladi.

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ta’lim tashabbusining ahamiyati haqida shunday ta’kidladi:

«Sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlash — bu nafaqat ta’lim, balki iqtisodiyotni raqobatbardosh qilishga qaratilgan strategik investitsiya. Yandex ML School kabi loyihalar orqali yoshlarimiz global texnologiya bozorida o‘z o‘rnini topishi mumkin».

Uning so‘zlariga ko‘ra, AI sohasida sifatli ta’lim imkoniyatlarining kengayishi mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi.

Maktabga qabul qilish uchun:

  • Onlayn testni topshirish;
  • Testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar uchun Toshkentdagi suhbat (sentabrning ikkinchi yarmida);
  • Darslar — 2025 yil oktyabrda boshlanadi.

Arizalar 10 sentabrgacha qabul qilinadi.