O‘zbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinchi elchisi Abat Fayzullayev mazkur davlat rahbarlari — kapitan-regentlar Francheska Chiverkya va Dalibor Rikkardiga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tantanali marosimda mamlakat tashqi ishlar vaziri Luka Bekkari O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni, jumladan, ushbu mamlakatga birinchi elchining tayinlanishini yuqori baholadi.
O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda o‘rnatilgan. Mamlakat Yevropada joylashgan dunyodagi eng kichkina davlatlardan biri. U Italiya hududida, Apennin tog‘larida joylashgan bo‘lib, butunlay Italiya bilan o‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar (FAO, JSST, UNODC) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kipr va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.