Pikapning uzunligi 6,23 metrga teng. Kuzovi esa po‘lat va ugletola aralashmasidan ishlangan. XLP 800 6×6 Adventure quvvati 800 ot kuchiga teng 4 litrli V8 motori bilan jihozlangan.

Brabus tyuning-atelesi olti g‘ildirakli XLP 800 6×6 Adventure pikapini namoyish etdi. U Mercedes-AMG G 63 asosida yaratilgan bo‘lib, og‘ir yo‘l sharoitlariga mo‘ljallangan.

Pikapning uzunligi 6,23 metrga teng. Kuzovi esa po‘lat va ugletola aralashmasidan ishlangan. XLP 800 6×6 Adventure quvvati 800 ot kuchiga teng 4 litrli V8 motori bilan jihozlangan.

Yangi avtomobil 5,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi.

Avtomobil ichi qora charm bilan qoplangan bo‘lib, Germaniyada Brabus XLP 800 6×6 Adventure narxi 1 mln 161 ming yevrodan boshlanadi.