AQSh Florida universiteti mutaxassislari zaharli ingrediyentlarsiz bioparchalanuvchi poliuretan olishning yangi usulini taqdim etdi.
Dosent Xo Yen Chong jamoasining ishlanmasi o‘simliklarning hujayra devorlaridan olingan tabiiy polimer lignin, shuningdek, karbonat angidriddan foydalanadi, bu esa jarayonni ekologik toza va energiya tejamkor qiladi.
An’anaviy poliuretan zaharli va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan izosianatlar yordamida ishlab chiqariladi. Yangi usul tayyor materialning mustahkamligi, issiqlikka chidamliligi va elastikligini saqlab qolgan holda ulardan foydalanishni butunlay istisno qiladi.
Bundan tashqari, olingan bioplastikni qayta ishlash osonroq: u organik erituvchilarda eriydi, bu esa unga ko‘plab boshqa turdagi «yashil» polimerlardan ustunlik beradi.
Ishlanmaning alohida ahamiyati shundaki, u sellyuloza-qog‘oz sanoati chiqindilarini qimmatli resursga aylantirib, ulardan foydalanish imkonini beradi.
Usulning ommaviyligi sanoatda joriy etish uchun istiqbollar ochadi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, sintez bosqichlari sonining qisqarishi va energiya sarfi yangi poliuretanni yanada arzon va ekologik jihatdan foydali qiladi.