Olimlar yangi astrotsitlar turini — shikast yetgan miyani qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydigan yulduzsimon hujayralarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Mppnpue0wtff77lb2i6vgzig3fll71cx

Germaniya va Shveytsariya olimlari yangi astrotsitlar turini — shikast yetgan miyani qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydigan yulduzsimon hujayralarni aniqladi. Tadqiqot natijasi Nature Neuroscience jurnalida chop etildi.

Astrotsitlar — neyronlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, ularning ishini tartibga soladigan va miyani himoya qiladigan hujayralardir. Ular miyaning kulrang moddasida ham (neyronlarning asosiy qismi to‘plangan), oq moddasida ham (signallarni uzatuvchi nerv tolalari) joylashgan. Hozirga qadar oq moddadagi astrotsitlar yaxshi o‘rganilmay qolayotgan edi.

Yangi tadqiqot doirasida olimlar sichqonlardagi oq moddalarning astrotsitlarini o‘rgandi va ularning ikki turini aniqladi: «uy bekalari» va sermahsul astrotsitlar. Ularning birinchi nerv tolalarini qo‘llab-quvvatlaydi va neyronlarga signallar almashinuvida yordam beradi, ikkinchisi esa ko‘payish va yangi astrotsitlarni hosil qilish kabi noyob xususiyatga ega. Bundan tashqari, ular oq moddadan kulrangga o‘tishi mumkin — bu esa ularni miyaning shikastlangan qismini qayta tiklovchi potensial zaxiraga aylantiradi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, 13 kishining miya to‘qimalari namunalarini o‘rganib chiqqan. Oq moddadagi astrotsitlar aniqlangan bo‘lsada, ular ko‘payish imkoniyatini namoyon etmagan.

Sermahsul astrotsitlarning aniqlanishi shikastlangan miyalarni davolashda yangi imkoniyatlar ochadi. Olimlarning hisoblashicha, ushbu hujayralarni boshqarishni o‘rganish orqali ularning ko‘payishini rag‘batlantirish va shikast yetgan yoki yo‘qolgan hujayralarni almashtirish mumkin bo‘ladi.

Bu ayniqsa, jarohatlarni va skleroz kabi neyrodegenerativ kasalliklarni davolashda muhim.