Starship kemasi prototipiga ega raketa tashuvchi Hind okeaniga tushib, portlashdan oldin orbitaga bir nechta simulyator sun’iy yo‘ldoshlarini joylashtirdi. SpaceX bu oldinga tashlangan muhim qadam ekanligini bildirdi.

26 avgust, seshanba kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng yirik kosmik kema Starship prototipiga ega raketani o‘ninchi marta uchirishni muvaffaqiyatli yakunladi. Jonli efir X ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazildi. SpaceX «asosiy maqsadga erishildi» va parvoz «dunyodagi birinchi to‘liq qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketani ishlab chiqishda oldinga muhim qadam» ekanligini ta’kidladi.

Ilon Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Super Heavy raketa kuchaytirgichi Starship’ni uchirish uchun ishlatilgan. U kemadan ajralib chiqdi va rejalashtirilganidek, Meksika ko‘rfazida parvozni yakunladi.

Starship missiyasining o‘zi bir soatdan ko‘proq davom etdi. Kema orbitada bir nechta Starlink sun’iy yo‘ldosh simulyatorlarini joylashtirdi, so‘ngra Hind okeaniga boshqariladigan tarzda tushdi.