Yaponiyaning GMO Air kompaniyasi gumanoid robotlarga tezkor texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan “robotlashtirilgan tez yordam mashinasi”ni taqdim etdi. Hozircha bunday furgonning bittasi Tokio ko‘chalarida sinov tariqasida ishlamoqda.

Bv

Maxsus furgon buzilgan robotga muhandislar, ta’mirlash uskunalari va ehtiyot qismlarni yetkazib beradi. Agar qurilmani joyida ta’mirlashning imkoni bo‘lmasa, u servis markaziga olib ketiladi va mijozga vaqtinchalik boshqa robot beriladi.

Furgonning o‘zi avtonom ishlamaydi va boshqa robotlarni mustaqil ta’mirlash imkoniyatiga ega emas. Unda muhandislar ishlaydi: ular chaqiruv joyiga borib, robotni tekshiradi va muammoni imkon qadar o‘sha yerning o‘zida bartaraf etadi.

Robotlar uchun uzluksiz xizmat

Kompaniya bunday xizmatni robotlarning uzoq vaqt ishdan chiqib qolishi bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun yo‘lga qo‘ygan. Narxi 70 ming dollardan 140 ming dollargacha bo‘lgan gumanoid robot buzilib qolsa, uni servis markaziga yuborish va ishini qayta tiklash bir necha kun hamda qo‘shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin.

Ayniqsa, robotlardan tozalash va boshqa xizmatlarda foydalanadigan mehmonxonalar hamda omborlar uchun qurilmaning uzoq vaqt ishlamasligi jiddiy muammo hisoblanadi.

Furgon taqdimoti AQSH va Xitoy o‘rta