Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga ilmiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Mazkur yo‘nalishlardagi ta’lim ilmiy tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Jami 5300 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan:
🔹 4094 tasi — tayanch doktorantura,
🔹 714 tasi — doktorantura,
🔹 398 tasi — stajyor-tadqiqotchilik yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, maqsadli doktorantura (DSc va PhD) uchun 76 ta o‘rin belgilangan.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari hamda stajyor-tadqiqotchilik dasturlari uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrga qadar davom etadi.