Prezidentning “Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Op

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan quyidagi holatlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida uch marta davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladi:

  • geologiya sohasida – yer qa’ridan ruxsatsiz foydalanish, jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan hududdan tashqariga chiqish;
  • yer munosabatlari sohasida – yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash hamda ularda bino va inshootlar qurish;
  • ekologiya sohasida – chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, shuningdek, noqonuniy chiqindi zonalari vujudga kelishi.

2026-yil 1-martdan boshlab vakolatli organlar aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’lumotlarni onlayn ravishda raqamli ko‘rinishda SGM platformasiga uzluksiz taqdim etib boradi. Ushbu ma’lumotlarda ogohlantirish berilgani, huquqbuzarlik bartaraf etilgani, hujjatlar prokuratura yoki sud organlarida ko‘rib chiqilayotgani haqidagi belgilar qayd etiladi.