1-noyabrdan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarib olish uchun yagona onlayn portal orqali ariza topshirish imkoniyati yaratiladi.

Avval bu jarayon talabadan turli ma’lumot va hujjatlarni fakultet dekan o‘rinbosariga, yoshlar bilan ishlash bo‘limiga yoki talabalarni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi oliygoh bo‘limiga topshirishni talab qilgan edi. Endilikda esa barcha amaliyot yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ijara to‘lovining qaytariladigan qismi Toshkent shahrida eng ko‘pi bilan 1 baravar bazaviy hisoblash miqdori (BHM), qolgan hududlarda esa 0,5 BHM dan oshmasligi belgilangan. Ushbu tartib 2021-yil 24-sentabrdagi Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.